01Qanday ma’lumot to‘playmiz
Kirish uchun telefon raqamingiz, ism va, agar ulasangiz, Google, OneID yoki E-IMZO bergan ma’lumotlar. Bronlaringiz, saqlangan joylar, Hamyondagi kartalar (faqat oxirgi raqamlari) va operatsiyalar. Xavfsizlik uchun kirishlar tarixi: vaqt, qurilma turi va IP manzil.
02Nima uchun ishlatamiz
Akkauntingizni yaratish va himoya qilish, bron va to‘lovlarni bajarish, obunalarni boshqarish, xizmat sifatini yaxshilash. Ma’lumotlaringizni reklama uchun sotmaymiz.
03Kimga beriladi
Faqat xizmatni bajarish uchun kerak bo‘lgan qismi: siz band qilgan xizmat ko‘rsatuvchiga bron tafsilotlari, to‘lov tizimlariga (Payme, Click) to‘lov ma’lumotlari, SMS provayderiga telefon raqamingiz. Qonun talab qilgan hollarda vakolatli organlarga.
04Qanday himoya qilamiz
Barcha ulanishlar HTTPS orqali. Kirish tokenlari brauzer skriptlari o‘qiy olmaydigan HttpOnly cookie’larda saqlanadi. Karta raqamlari to‘liq saqlanmaydi. Tashqi akkaunt identifikatorlari shifrlangan holda saqlanadi.
05Sizning huquqlaringiz
Passport sahifasida ma’lumotlaringizni ko‘rish, kirish usullarini uzish va boshqa qurilmalardan chiqish mumkin. Akkauntni o‘chirish yoki ma’lumot nusxasini olish uchun bizga yozing.
06Cookie’lar
Faqat ishlash uchun zarur cookie’lar: kirish sessiyasi, til, mavzu (yorug‘/qorong‘i) va tanlangan hudud. Uchinchi tomon kuzatuv cookie’lari ishlatilmaydi.
Savollar bo‘lsa: raqamlinazorat3@gmail.com